Qayd etilishicha, o‘tgan 2021 yil kuz mavsumida “yashil makon” umummilliy tadbiri doirasida respublika bo‘ylab jami 85 million dona daraxt va buta ko‘chatlari ekilib, reja 114 foizga bajarilgan. 

Joriy yil bahor mavsumida ham ishlar davom ettirilib, 127 milliondan ziyod mevali, manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekilgan hamda belgilangan topshiriq 101,6 foizga bajarilishiga erishilgan. 

Bugungi kunga qadar “yashil bog‘lar” hamda “yashil jamoat parklari” tashkil etish bo‘yicha tuman va shahar hokimliklari tegishli qarorlari qabul qilingan.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil bahor mavsumida respublika bo‘yicha 480 gektar maydonda “yashil bog‘lar” hamda 407 gektar maydonda “yashil jamoat parklari” barpo etish ishlari amalga oshirildi.