Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston "Rossiya va Yevrosiyo" guruhida eng katta yaxshilanish va o‘zgarishni ko‘rsatdi – 1,5 foiz.

Qo‘shni mamlakatlar orasida Qozog‘iston 97-o‘rinda (-29), Qirg‘iziston 91-o‘rinda (-21), Tojikiston 92-o‘rinda (+6), Turkmaniston 104-o‘rinda (+5) joylashgan.

Eng tinchliksevar davlatlar deb Islandiya, Yangi Zelandiya va Irlandiya topildi. 

Indeksi eng past bo‘lib turgan mamlakatlar: Afg‘oniston, Yaman, Suriya, Rossiya va Janubiy Sudan.