Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasiga 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi haq-huquqlari buzilayotganidan shikoyat qilib, murojaat qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Tula shahridagi ish beruvchi va ishchilar o‘rtasida "vositachilik" bilan shug‘ullangan fuqaro qurilish obektida o‘zbekistonliklarni ishlatib, ish haqini bermagan.

Agentlikning Tula shahridagi vakili tomonidan mazkur holat o‘rganilib, o‘zbekistonliklarning 923 ming 764 rubl miqdoridagi puli "vositachi"dan undirib berildi.
Bundan oldin Rossiyada O‘zbekiston fuqarolariga kuch ishlatib, majburiy mehnatga jalb qilgan ish beruvchi hibsga olingandi.











