Qayd etilishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 159-moddasi uchta yangi qism bilan to‘ldirildi.

Ular:

1) ko‘p kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzish - mansabdor shaxslarga 4 mln so‘m;

2) ko‘p kvartirali uylardagi tayanch va to‘siq konstruksiyalarni o‘zgartirish yoki rekonstruksiya qilish, shu jumladan uylarda va uylarga tutash yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan imoratlar (inshootlar) qurish ishlarini amalga oshirish - fuqarolarga 8,1 mln so‘m, mansabdor shaxslarga 13,5 mln so‘m;

3) ushbu modda uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u amalga oshirilgan o‘zgartirilishini yoki ularni rekonstruksiya qilish tufayli yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni, ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni (inshootlarni), ular oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 159-moddasi - uy-joy fondini saqlash sohasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ishlarini ko‘rib chiqish sudlardan Uy-joy fondi inspeksiyasiga o‘tkazildi.