2022 yil 1 avgustdan bosqichma-bosqich Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan tuman darajasidagi quyidagi idoralarga yuridik xizmat ko‘rsatiladi:

  • mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi;
  • qishloq xo‘jaligi bo‘limi;
  • turizm va madaniy meros bo‘limi;
  • sportni rivojlantirish bo‘limi;
  • oila va xotin-qizlar bo‘limi;
  • davlat soliq inspeksiyasi;
  • aholi bandligiga ko‘maklashish markazi;
  • davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari;
  • davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
  • davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar.

2022 yil 1 maygacha “E-huquqshunos” elektron tizimini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va maslahatlar berib borish maqsadida “call-markaz” tashkil qilinadi.

2022 yil 1 dekabrgacha viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari hamda hokimliklarga markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.