Dara qishlog‘i tog‘lar orasida – darada joylashgan. 30 ga yaqin oila istiqomat qiladigan qishloqda odamlar asosan chorvachilik bilan mashg‘ul bo‘lishadi. Tabiat manzaralari go‘zal bo‘lgani tufayli bahor paytlarida qishloqqa ko‘plab mahalliy sayyohlar keladi.