Bugun, 17 fevral kuni OFK ushbu turnirning saralash bahslarini o‘zida qabul qiladigan mamlakatlar nomini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, O‘zbekiston o‘zi ishtirok etadigan guruh o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Bahslar 8, 11 va 14 iyun kunlari o‘tkaziladi. 

Ma’lumot uchun, saralash bosqichiga 24 fevral kuni qur’a tashlanadi. O‘zbekiston milliy jamoasi Bahrayn, Iordaniya, Qirg‘iz Respublikasi, Falastin va Hindiston bilan birgalikda 1-savatchadan o‘rin olgan.