Eslatib o‘tamiz, ilk marta kuzda o‘tkazilayotgan prezidentlik saylovlari uchun nomzodlarning targ‘ibot kompaniyasiga 20 sentyabrdan start berilgan. Ayni kunga qadar nomzodlar va ularning ishonchli vakillari turli hududlarda saylovchilar bilan uchrashmoqda.

Yaqinda prezidentlik saylovi kompaniyasi yuzasidan oraliq hisobotini e'lon qilgan YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi Saylovni kuzatish missiyasi MTRKda da'vogarlar o‘rtasida munozara uchun vaqt ajratib qo‘yilgani, biroq nomzodlar yoki ularning vakillari munozara olib bormayotgani haqida yozgan edi.