Ular «Toshkent - Bekobod - Istaravshan - Shahriston - Dushanbe» yo‘nalishi bo‘yicha piyoda harakatlanib, 415 kilometr masofani 9 kunda bosib o‘tmoqchi. Rejaga ko‘ra bir kunda 42-48 km masofa bosib o‘tiladi. Yurish soat 7:00 dan – 19:00ga qadar amalga oshiriladi.
«2021 yilning 15 fevral — 24 mart kunlari Andijondan Mo‘ynoqqacha yayov borgan edik. Bundan ruhlangan holda Toshkent – Dushanbe yo‘nalishida do‘stlik marafonini amalga oshirishga ahd qildik. Ushbu marafonimiz oktyabr oyiga rejalashtirilgan. Ushbu marafonimizdan ko‘zlangan maqsad millatlararo totuvlik va qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini kuchaytirishdir» — deydi Eldor Jo‘rayev.









