To‘qnashuvlar boshlanishiga “Los-Lobos” va “Los-Xoneros” jinoiy to‘dalari a'zolari o‘rtasida chiqqan nizo sabab bo‘lgan. Janjal otishma, pichoqbozlik va portlashlar bilan kechgan. Provinsiya gubernatori Pablo Arozemena turmada tartib tiklanganini ma'lum qilgan.

Ekvador turmalarida mahbuslar o‘rtasida ommaviy to‘qnashuvlar tez-tez yuz berib turadi. Fevralda mamlakatning birdaniga uch turmasida yuz bergan to‘qnashuvlar davomida 79 mahbus halok bo‘lgan. Ekvador prezidenti Gilermo Lasso bir nechta shunday hodisadan keyin iyulda mamlakatning turmalar tizimida favqulodda vaziyat rejimini e'lon qilgan.