Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, noma'lum qurollangan shaxslar 12 sentabr yarimtunda turmaga hujum qilib, soqchilar bilan otishmaga kirishgan. Hujum vaqtida turmada 294 mahbus saqlangan va ulardan 240 nafari qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan.
Ayni vaqtda qochoqlarni tutish bo‘yicha amaliyot olib borilmoqda va voqea sabablari tergov qilinmoqda.
Telekanalning ta'kidlashicha, turma 2008 yilda ochilgan va 200 kishiga mo‘ljallangan bo‘lgan.











