
Spektakl xoreografiyasi nemis baletmeysteri Raymondo Rebek tomonidan sahnalashtirilgan. Bu haqda loyiha tashkilotchisi – O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi ma'lum qildi.
Lazgi raqsi uch ming yildan ortiq tarixga ega bo‘lib, YuNESKO nomoddiy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Madaniyat namoyandalarining fikricha, bu mashhur raqsga bag‘ishlangan balet tomoshasi O‘zbekiston an'analarini jahon madaniy arenalarida yoyishga xizmat qiladi.
Spektakldan so‘ng O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva ijodiy jamoa bilan uchrashib, ajoyib namoyish uchun minnatdorlik bildirdi.












