Sloveniyalik mutaxassis bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.
Katanets murabbiylik faoliyati davomida Makedoniya, BAA, Sloveniya va Iroq milliy jamoalarini boshqargan. Sloveniyani ilk bor Jahon va Yevropa chempionatlariga olib chiqqan.
Katanetsga 5 nafar xorijlik mutaxassis yordam beradi. Alesh Chex va Vlado Radmanovich — yordamchi murabbiylar. Martin Magister futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga javobgar bo‘ladi. Nihad Peykovich esa darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi. Shuningdek, shtabdan fizioterapevt Ian Katanes o‘rin olgan.










