Test sinovlari uchun Sirdaryo viloyati hududini tanlagan abituriyentlar soni 35 800 nafarni tashkil etadi, hozirga qadar 28 800 nafar abituriyent ishtirok etdi. Test jarayonlarini shaffof tarzda o‘tkazish uchun 140 nafar nazoratchi tayinlangan. Jarayonlarni kuzatib borish uchun 77 ta videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Hozirgi kunga qadar turli shpargalkalar, telefon olib kirishga urinishlar aniqlangan va 21 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirilgan.