Vazirlik matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, uchrashuvda bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalarga e'tibor qaratilgan.
Shuningdek, Fransiya tomoni 2022 yil kuzida Parijdagi Luvr muzeyida «Markaziy Osiyo ulug‘vorligi. O‘zbekiston karvon yo‘llarida» nomli ko‘rgazmani tashkillashtirishda O‘zbekistonni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.










