2021 yil 5 may kuni soat 08:30dan 16:30gacha Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli Salar - Yalang‘och stansiyalari oralig‘idagi temir yo‘lda kapital ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi. 

Shu bois, 5 may kuni soat 07:10 hamda 14:06da Toshkent - Xo‘jakent yo‘nalishida harakatlanadigan shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati bunday noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.