OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Pxenyan AQShga bosimni kuchaytirish maqsadida yangi kemasini namoyish qilish uchun qulay fursatni kutmoqda.
Kemaning namoyishi vaqtida undan “Pukkikson-3” kabi ballistik raketa uchirilishi mumkin.
2019 yilda OAVda Shimoliy Koreya 3ta ballistik raketa tashiy oladigan yangi suv osti kemasini qurayotgani ma'lum qilingandi. O‘shanda kema Yapon dengizidan tashqariga - Tinch okeaniga chiqa olsa, u yerdan AQShning Guam va Havayi orollariga zarba berishi mumkinligi xabar qilingan.











