
Qayd etilishicha, aviakompaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh direktori Salim Qahramon boshchiligidagi ko‘p sonli turk mutaxassislaridan iborat ishchi guruh mahalliy xalqaro aeroportni ko‘zdan kechirish hamda mavjud infratuzilma va xavfsizlik tizimi bilan joyida tanishish uchun Farg‘onaga keldi.
Mehmonlarni aeroport direktori Timur Halilov hamda viloyat hokimligi mutasaddilari kutib oldilar. Muloqot chog‘ida Farg‘ona aeroportining vodiy hududida tutgan o‘rni va roli e'tirof etildi. Mehmonlarga viloyatning iqtisodiy va yo‘lovchi salohiyati, shuningdek Turkiya bilan hamkorlik yo‘nalishlari haqida ma'lumot berildi.
Uchrashuv chog‘ida havo kemalariga yerusti xizmati ko‘rsatish hamda umumiy xavfsizlik risklari masalalari alohida muhokama qilindi.








