Shu bilan birga, Makron Turkiya bilan muloqotni zarur deb hisoblaydi. «Biz Turkiya Yevropadan yuz o‘girmasligi va ekstremizmga yon bosmaligi hamda negativ geosiyosiy tanlov qilmasligi uchun qo‘limizdan kelganini qilishimiz darkor. Turkiya xavfsizlik va migratsiya masalasi bo‘yicha bizning hamkordir», deya qo‘shimcha qiladi u.
Ikki davlat o‘rtasida munosabatlar o‘tgan yili Payg‘ambar Muhammad (a.s.)ning karikaturasini so‘z erkinligi muhokamasida ko‘rsatgani uchun pichoqlangan tarix o‘qituvchisi Samuel Patining o‘limidan so‘ng keskinlashgan edi.
Makronning Fransiya karikaturalarni nashr qilishdan voz kechmasligi haqidagi bayonotidan keyin Turkiya prezidenti fransiyalik hamkasbi haqida «u ruhan sog‘lommi yo‘qmi, tekshirib ko‘rish kerak», degan edi.
Shundan keyin Fransiyaning Turkiyadagi elchisi Yeliseyda maslahatlashish uchun chaqirib olingan va Yeliseyda Erdo‘g‘anning so‘zlarini «toqat qilib bo‘lmas» gaplar deb aytishgan edi.











