Kun.uz 2020 yil so‘ngida muvaffaqiyatli insonlar haqida hikoya qiluvchi «Intellekt» ruknini yo‘lga qo‘ygandi. Ruknning o‘ziga xosligi – uning qahramonlari YouTube'dagi suhbat videosi ostiga qoldirilgan izohlar orasidan o‘zlariga eng yoqqan izohlarni tanlab, ularning egalariga sovg‘alar berib borishadi.

Rukn mehmonlaridan biri – tadbirkor Shahnoza Muhamedova uch nafar g‘olibga quyidagi sovg‘alarni taqdim etishga qaror qildi:

  • 1-o‘rin: «Biznes Rivoj» tashkil etadigan o‘quv kurslarida o‘qish uchun yo‘llanma-sertifikat (istalgan kurs uchun)
  • 2-o‘rin: Kitoblar jamlanmasi, «Biznes Rivoj» brend sumka va suvenirlar;
  • 3-o‘rin: «Biznes Rivoj» brend suveniri va futbolka.

Loyiha mehmoni quyidagi uch nafar g‘olibni tanlab oldi.

1-o‘rin
2-o‘rin
3-o‘rin

Tanlangan izohlar egalaridan o‘z sovg‘alarini olish uchun loyihaning Telegram'dagi maxsus botiga (t.me/forintellekt_bot) murojaat qilish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq INTELLEKT rukni mehmoni bo‘lgan tadbirkorlar Hikmat Abdurahmonov va Dinara Hakimova ham sovg‘alar taqdim etish uchun uch nafardan eng yaxshi izoh egalarini aniqlashgandi.