Baxtiyor Sultonovich Rahmonov 1959 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1981 yilda Kiyev muhandis-qurilish institutini tamomlagan.
Baxtiyor Rahmonov turli yillarda Toshkent shahar hokimining kapital qurilish masalasi bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Mirobod va Sergeli tumanlarida hokim lavozimlarida ishlagan. U 2018 yil mayidan buyon Olmazor tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Kun.uz manbasi xabar qilishicha, 2018 yildan buyon Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Davron Hidoyatov ham boshqa lavozimga tayinlanadi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni yoshlar bandligi masalasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida shu hafta bitta viloyat hokimi va bitta vazir ishdan olinishini ma'lum qilgandi.
29 yanvar kuni jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.











