Feruza Eshmatova 1979 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2000 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Yuridik fanlar doktori.

2002-2015 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida faoliyat yuritgan. 2015-2020 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan. 2020 yildan hozirga qadar Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi sifatida ishlab kelgan.

Avvalroq, Kun.uz Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘zgarishi kutilayotgani to‘g‘risida xabar bergandi.