Qo‘mita xodimlari tomonidan “O‘ztransgaz” AJ foydalanishida bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obektlarida jami 31 marotaba nazorat profilaktika ishlari amalga oshirildi. Aniqlangan 426ta kamchiliklardan 403tasi bartaraf etildi, qolganlarining ijrosi nazoratga olindi.
Joriy yilning 9 oyi davomida “O‘ztransgaz” AJ tasarrufidagi magistral gaz quvurlarida 3ta avariya sodir bo‘lgan. Avariyalarni bartaraf etish va magistral gaz quvurlarni ta'mirlash uchun jami 2 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar sarf qilingan.

Magistral gaz quvurlarining loyihalarida ko‘zda tutilgan 2 340ta elektr-kimyoviy himoya stansiyalaridan 1 478tasi ishchi holatda, 952tasi belgilangan talablarga javob bermaganligi, ta'mirlash ishlari bajarilmagani va zarur ehtiyot qismlar bilan ta'minlanmaganligi sababli ishsiz holatda, deyiladi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi ma'lumotida.











