«Everton» «Real» yarimhimoyachisi Xames Rodrigesni sotib olganini e'lon qildi.

Mersisaydliklar 29 yoshli kolumbiyalik bilan 2 yillik shartnoma imzolashdi. Bitimda uni yana bir yilga uzaytirish mumkinligi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq futbolchining transfer narxi 25-30 mln yevroni tashkil etishi xabar qilingandi.

Xames o‘tgan mavsumda La Ligada 8ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urgan.