Ta'kidlanishicha, mahbuslar ikki guruhga bo‘linib, soqchilarga hujum qilgan. Hammasi bo‘lib qochishda 88 mahbus ishtirok etgan.

Ma'lum qilinishicha, 37 nafar qochoq ushlangan, ulardan 8 nafari og‘ir jarohat olib, shifoxonaga yetkazilgan. Yana 31 qochoq qidirilmoqda. Shu munosabat bilan adliya vazirligi barcha turmalarda xavfsizlikni kuchaytirishni talab qilgan.

Aholisi 23 ming kishini tashkil qiluvchi Farafangan shahri orolning janubida joylashgan bo‘lib, u Atsimu-Atsinanana viloyatining markazi hisoblanadi.