42 yoshli Putinning nomzodi bo‘yicha ovoz berish yashirin tarzda o‘tkazilgan. U partiyaga 21 iyundagina qabul qilingandi. Partiya uning kelishi bilan o‘z rivojlanishida, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishida va aksilkorrupsiyaviy faoliyatida yangi turtki olishini kutmoqda.
Roman Putin mart oyida “Kommersant” nashriga bergan intervyusida fevralda tashkil etilgan “Lyudi dela” harakati negizida o‘z siyosiy partiyasini tashkil etmoqchiligini ma'lum qilgan. U yangi partiyaning bosh maqsadi davlat dumasiga kirish bo‘lishini aytgan.
Roman Putin Vladimir Putinning amakivachchasi Igor Putinning o‘g‘li bo‘lib, Federal xavfsizlik xizmatida tezkor xodim bo‘lib ishlagan, 2012 yil boshida Novosibirsk oblasti gubernatori maslahatchisi etib tayinlangan va 2013 yildayoq bo‘shatib yuborilgan. U 2014 yilda Londonda Putin Consulting Ltd. kompaniyasini tashkil qilib, keyinchalik uning nomini “Putin Konsalting” MChJga o‘zgartirib, Rossiyaga ko‘chib o‘tgan.











