Tanzaniyalik konchi ushbu qimmatbaho toshning avval topilganlari ichida eng yirik ikkitasini topgan. Bu haqda VVS telekanali xabar berdi.  

Topilmalar 3,4 mln dollarga baholangan. Toshlarni konchidan davlat sotib olgan.

Ta'kidlanishicha, tanzanit Tanzaniyaning faqat bir provinsiyasidagina qazib olinadi. Ushbu toshlar sayyoramizda eng kamyob toshlardan biri hisoblanadi. Ularning zaxirasi 20 yildan keyin to‘liq tugashi mumkin.