Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, Los-Lyanos axloq-tuzatish markazida mahbuslarning qochishga urinishi vaqtida 46 mahbus soqchilar tomonidan otib tashlangan, noma'lum sondagi kishilar jarohat olgan.

Voqea oqibatida turma xodimlari ham jabr ko‘rgan, jumladan turma rahbari Karlos Toro bir nechta pichoq jarohati olgan.

Mahalliy shifoxonada yaralanganlar ko‘pligi sababli tibbiy qurilmalar va donorlik qoni taqchilligi yuzaga kelgan. Ta'kidlanishicha, shu sababli qurbonlar soni oshishi mumkin.

Huquq-tartibot idoralari turmada yuz bergan tartibsizliklar tafsilotlarini aniqlashtirmoqda.