Bu haqda G1 portali xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, mahbuslar yarim ochiq turdagi axloq-tuzatish koloniyasidan turma xodimlarini garovga olgandan keyin qochib ketgan. Ta'kidlanishicha. koloniyada xodimlar hali ham garovda ushlab turilibdi, politsiya ularni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Politsiya qochoq mahbuslarni tutish uchun yon-atrofni tintishni boshladi.
Portalning ta'kidlashicha, Braziliya qonunchiligiga ko‘ra yarim ochiq turdagi axloq-tuzatish muassasalarida qurollangan soqchilar ko‘zda tutilmagan.











