«Xitoylik Kiong Yersunga qarshi jang olib borgan yurtdoshimiz uch raund davom etgan bellashuvda ustunligini namoyish qildi va bahsni o‘z foydasiga hal qildi. Eng asosiysi, ushbu g‘alaba Baturovga Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini taqdim qildi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra -69 kilogramm vazn toifasida ushbu musobaqada Tokio-2020 uchun 5 ta kvota o‘ynalmoqda. Demak, yarim final final yo‘llanmasi jizzaxlik bokschimizga Olimpiadada qatnashish huquqini beradi.

Shu tariqa delegatsiyamizning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan yo‘llanmalari soni 15 taga yetdi. Bugun Olimpiada litsenziyalari uchun ringga ko‘tariladigan yana 4 nafar bokschimizga ham mana shunday g‘alabalar yor bo‘lishini tilab qolamiz» - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu vazn toifasida yurtimiz sha'ni uchun kurashishda ikkita asosiy nomzod – Bobousmon Baturov va Shahram G‘iyosov edi. Yopiq eshiklar ostida o‘tgan o‘zaro jangdan keyin murabbiylar shtabi Baturovni saralash turniriga olib borishdi va u o‘ziga bildirilgan ishonchni oqladi.