Tailandda «MYu» deb ham yuritiladigan «Muangtong Yunayted» mamlakat yuqori divizionida harakat qiladi. 15 fevral kuni «Muangtong Yunayted» Tailand chempionati 1-turida «Bangkok Glass» jamoasi mehmoni bo‘ladi.
1991 yil 21 mart kuni tug‘ilgan Sardor Mirzayev faoliyatini Farg‘onaning «Neftchi» klubida boshlagan. 2014 yildan buyon «Lokomotiv»da o‘ynab kelayotgan Mirzayev ilk marta xorij klubiga o‘tdi.











