«Lokomotiv»ning BAAdagi yig‘inida ishtirok etayotgan chernogoriyalik legioner Slavko Damyanovich klub bilan shartnoma imzolagan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Chernogoriyalik Slavko Damyanovich markaziy himoyachi sifatida harakat qiladi. U faoliyati mobaynida Chernogoriyaning «Mornar Bar», «Suteska Niksich», «Buduchnost Podgoritsa», Serbiyaning «Spartak», «Baska», Vengriyaning «Bekeshaba-1912» hamda Janubiy Afrika Respublikasining «Bidvest» klublarida to‘p tepgan. 27 yoshli himoyachi erkin agent sifatida «Lokomotiv» bilan shartnoma imzoladi» - deyiladi klub xabarida.

Ma'lumot uchun, «Transfermarkt»ga ko‘ra, 27 yoshli markaziy himoyachining transfer bahosi 300 ming yevroni tashkil etadi.