“Qora qutilar” aviahalokat joyida ish olib borgan tergov-tezkor guruhi tomonidan 28 dekabrda topilgandi. Ular ekspertizaga 29 dekabrda beriladi.
Olmaota-Nur-Sulton reysini bajargan samolyot havoga ko‘tarilishi vaqtida halokatga uchragandi. Uning bortida 98 kishi bo‘lgan, ulardan 12 nafari halok bo‘lgan, 49 nafari jarohat olgan.
Samolyotning qulashiga olib kelgan asosiy sabablar sifatida uchuvchilarning xatosi, yomon ob-havo sharoiti va texnik nosozlik aytilmoqda. Ayni vaqtda voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda.











