"Vatanparvarlik - milliy yuksalish kafolati" shiori ostida o‘tkazilgan aksiya doirasida Farg‘ona shahridagi 17-umumiy o‘rta ta'lim maktabi va harbiy qismda ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.

Unda maktab o‘quvchilari, chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash bo‘linmasi vakillari, faxriylar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida o‘quvchilarga harbiy xizmat, vatan oldidagi burch, vatanparvarlik tuyg‘usi, harbiy qurollar to‘g‘risida tushunchalar berildi. Askarlar ishtirokida turli xil ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Mamlakatimizda yosh avlodni jismonan va ma'nan barkamol, harbiy-vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlandi.

Ishtirokchilar yoshlarni vatanparvarlik oyligida faol ishtirok etishga, O‘zbekiston Respublikasiga sadoqatli farzandlar bo‘lishga chaqirdilar.