O‘zbekiston bosh konsulxonasi dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, Z92100 reysi bilan Olmaota – Nur Sulton yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan samolyotning qulashi oqibatida halok bo‘lgan va jarohat olganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.
Vaziyat bosh konsulxona nazoratida ekani aytiladi.
Bundan oldin, Olmaotadan Nur Sultonga parvoz qilgan samolyot halokatga uchragani xabar berilgandi. Bek Air aviakompaniyasining samolyoti bortida 100 kishi bo‘lgan.
Hodisa ro‘y bergan joyda - Olmaota aeroportiga yaqin hududda qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 14 kishi halok bo‘lgan.
Qozog‘iston bosh vazirining topshirig‘iga ko‘ra, bosh vazir o‘rinbosari boshchiligida hukumat komissiyasi tuzildi.











