Ta'kidlanishicha, tartibsizliklar mamlakatning markaziy qismida joylashgan Porvenirdagi turmalardan birida yuz bergan.
Ushbu voqea Hondurasda 3 kun ichidagi ikkinchi shunday voqea bo‘lmoqda. 21 dekabrda Hondurasning Tela shahridagi turmada mahbuslar orasida yuz bergan otishmada 18 kishi halok bo‘lgan.
Bundan bir hafta oldin mamlakat rahbariyati axloq-tuzatish tizimida favqulodda vaziyat e'lon qilib, milliy axloq-tuzatish instituti vakolatlarini to‘xtatgandi. Jazoni ijro etish tizimi va balog‘atga yetmaganlarni qamoqda ushlab turish markazlarini boshqarish uchun javobgarlik qurolli kuchlar va milliy politsiyaga topshirilgan.











