2017/18 yilgi mavsumda bu boradagi umumiy daromad - 1,325 milliard klublar o‘rtasida taqsimlangan bo‘lsa, so‘nggi mavsumda 1,42 milliard yevro klublar o‘rtasida o‘zaro taqsimlandi.

Bu borada eng katta daromad qilgan klub «Barselona» bo‘ldi. Kataloniya jamoasiga umumiy mablag‘dan 166,5 million yevro ajratilgan. O‘tgan mavsumda 3-o‘rinni egallagan «Real» esa 155,3 million yevro olgan. Bu «Barsa»ning daromadidan 11,2 mln. kam demakdir.

Shuningdek, «Atletiko»ga 119,2, «Sevilya»ga esa 80,1 million yevro nasib qilgan. So‘nggi o‘rinni olgan «Ueska» esa 44,2 million yevro ishlab olgan.