«Abramovning o‘yini tushunarsiz va biz bunday futboldan ko‘p marta kuyib qoldik. Olimpiyachilarning muvaffaqiyatsizligi va Avstraliya bilan 0:6 ni eslash kifoya. Afsuski nechanchi marta bir xil holatda jabr ko‘ryapmiz»,— deb izoh qoldirdi Abduraimov Facebook`da yozilgan postlardan birida.

O‘zbekiston milliy jamoasi Saudiyaga qarshi o‘yinning 85-daqiqasida 2:1 hisobida oldinda borayotib ikkita gol o‘tkazib yubordi va mag‘lub bo‘ldi. Abduraimov eslagan olimpiya jamoasining o‘yini 2012 yilgi London Olimpiadasi saralashi doirasida o‘tkazilgan va o‘shanda ham Abramov boshchiligidagi jamoa 2:0 hisobida oldinda borayotganda 3 ta gol o‘tkazib, mag‘lub bo‘lgandi.