Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Janubiy Koreya fuqarosi Kang Namkyu jinoiy ishda gumonlanuvchi sifatida o‘tmoqda.

Tergov departamenti ushbu shaxsning jinoiy harakatlaridan jabr ko‘rganlarga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishni so‘raydi: (+99871) 231-31-98, (+99871) 231-36-22, (+99871) 233-65-34.
Avvalroq O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida “Korean and migrations xususiy bandlik agentligi” litsenziyasi amal qilishi to‘xtatilgani ma'lum qilingandi. MChJ direktori va yana ikki fuqaroga O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “A” bandi bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.










