Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiyaning Suriyadagi "Tinchlik bulog‘i" operatsiyasi davom etishi mumkinligini istisno qilmadi. 

"Shubhasiz. Oxirgi terrorchi mintaqani tark etmagunicha bu ishni to‘xtatmaymiz. Suriyadan boshqa davlatlar chiqib ketmagunicha biz u yerni tark etmaymiz. Biz Suriyaning hududiy yaxlitligi va birligini qo‘llab-quvvatlaymiz", - dedi Erdo‘g‘an jurnalist savoliga javoban.

Shu bilan birga, Turkiya rahbari Anqara Suriyaning "bo‘linib ketishini xohlamasligini" ta'kidladi. 

U Turkiya Adana kelishuviga asosan operatsiya o‘tkazishga haqli ekanligini aytdi.

"Agarda mintaqa terrorchi tashkilotlardan tozalanmaydigan bo‘lsa, biz Adana kelishuvi doirasida operatsiyani davom ettiramiz", - dedi Erdo‘g‘an.