O‘yin oldidan muxlislardan Eldor Shomurodov haqidagi fikrlari bilan qiziqdik. Ularning barchasi Eldorning ismini eshitishlari bilan kayfiyatlari ko‘tarilib, u haqda iliq so‘zlar gapirishdi. Bir guruh maktab o‘quvchilari bilan suhbatlashar ekanmiz, ular maktabda ham bolalar Eldor haqida gaplashishlarini aytishdi.

Yoshi katta muxlislar Eldor Yevropaga ketmasligini va «Rostov»da qolishini xohlashlarini, ko‘pchilik yosh muxlislar esa Shomurodov «Kuchli beshlik»da o‘ynashini xohlashlarini, u bilan faxrlanishlarini aytishdi. Quyida «Rostov» — «Sochi» o‘yini oldidan tayyorlangan galereyani e'tiboringizga havola qilamiz.