Ist-River bo‘g‘ozidagi Raykers orolida joylashgan turma 10 ming mahbusga mo‘ljallangan.

Shahar ma'muriyati 2026 yilgacha turmaning yopilishini ko‘zda tutuvchi 8,7 mlrd dollarlik rejani qabul qilgan. Uning o‘rniga kichikroq o‘lchamdagi 4 ta turma quriladi.

Rejaga ko‘ra, yangi turmalar Nyu-Yorkning Bruklin, Kvins, Bronks va Manxetten tumanlarida joylashadi.

Ta'kidlanishicha, turmaning yopilishiga u yerda ko‘plab qoidabuzarliklar va xizmat suiiste'moliklariga yo‘l qo‘yilishidan darak beruvchi dalillar sabab bo‘lgan.