Vinisius hamda Rodrigoning kiritgan chiroyli gollari Zidan jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Real» ochkolari sonini 14taga yetkazib, La Liga turnir jadvalining yaqqon yetakchisiga aylanib oldi.

La Liga. 6-tur
Real Madrid – Osasuna 2:0

Gollar: Vinisius Junior (36), Rodrigo (72).
Real Madrid: Areolya, Nacho, Odriosola, Militao, Ramos, Kroos, Kazemiro, Vaskes, Valverde (Xames, 82), Vinisius Junior (Rodrigo, 71), Yovich.
Osasuna: Ruben Martines, Lilo Kastelyano, Ronkalya, Estupinyan, Navas, Monkayola, Ruben Garsiya, Ibanes (Roberto Torres, 70), Merida, Brandon (Vilyar, 65), Kardona (Chimi Avila, 65).