Ushbu kun dasturida O‘zbekiston erkin kurash terma jamoasining bir qator nomdor vakillari gilamga chiqishadi.
Ular orasida Rio Olimpiadasi sovrindori Ixtiyor Navro‘zov, Osiyo o‘yinlarining ikki karra g‘olibi Bekzod Abdurahmonov kabi kurashchilar ham bor.
Bugun bahs olib boradigan O‘zbekiston vakillari musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:
-70 kg: Ixtiyor Navro‘zov (Olimpiya o‘yinlariga kiritilmagan) – Karan Karan (Hindiston)
-74 kg: Bekzod Abdurahmonov – Fraknlin Gomes (Puerto-Riko)
-125 kg: Hasanboy Rahimov – Luis Felipe Urbanexa (Venesuela)











