"Roskosmos" Turkiya o‘z kosmik qurilmalarini olib chiqishi uchun raketalarini taqdim etishga tayyor. Buni Turkiya hududida amalga oshirish ham shart emas. Biz uchta davlat uchun loyiha qilishimiz va Boyqo‘ng‘ir infrastrukturasidan foydalanishimiz mumkin", - dedi u.

Uning aytishicha, bu loyiha ishtirokchilari Turkiya, Rossiya va Qozog‘iston bo‘lishi mumkin.

"Bu yaxshi istiqbol deb o‘ylayman", - dedi u.

Avvalroq BAA Rossiya va Qozog‘iston bilan birgalikda kosmodrom start maydonchasini modernizatsiya qilishda ishtirok etishga rozilik bildirgani xabar qilingandi.