Xabarga ko‘ra, konferensiya 19 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Konferensiya ishida ishtirok etish doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Yashil taraqqiyot global instituti va Yashil iqlim fondi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrif dasturi doirasida Yashil o‘sish global instituti prezidenti Pan Gi Mun bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. Unda ekologiya va iqlim masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Koreya hamkorligini muvofiqlashtirish, O‘zbekiston prezidentining Orol dengizi bilan bog‘liq dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan tashabbuslarini targ‘ib qilishni davom ettirish imkoniyatlari muhokama etilgandi.