Foto: Twitter/thenationisrael

Shoshana bundan 70 yil avval Osvensim konslageri dahshatlarini boshidan kechirgan. Konslager tutqunlari ustida dahshatli tajribalar o‘tkazgan natsistlar shifokori uning onasi o‘limiga sababchi bo‘lgan.

O‘lim lageridan tirik chiqqan Shoshana bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan tanishgan. Ular Avstriyadan Isroilga ko‘chib kelishgan va shu yerda ularning ikki o‘g‘il va ikki qizlari dunyoga kelgan.

Foto: Twitter/thenationisrael

U butun oilasini o‘zining 104 yoshligini nishonlashga Quddusdagi Yig‘i devori yoniga chaqirdi. Barcha nevara-chevaralar buvisining istagini bajarishdi, deb yozadi Algemeiner gazetasi. Shoshananing nabirasi Paninining aytishicha, natsizm ustidan g‘alabani ifodalovchi bu tantanaga 400ga yaqin kishi to‘plangan.