«Lokomotiv»ga kelib qo‘shilgan futbolchilar qatorida Ignatiy Nestorov ham bor. Osiyo Kubogidan so‘ng Saudiya Arabistonining «Uhud» klubiga o‘tgan va doping iste'mol qilgani sabab 8 oyga diskvalifikatsiya qilgandi. Oktabr oyidan maydonga tushishiga ruxsat berilgan Nesterov avgust oyidan rasmiy mashg‘ulotlarda qatnashishi mumkin.
Nesterov Osiyo Kubogidan avval aynan «Lokomotiv»da o‘ynardi. Darvozabon 2014 yilda «temiryo‘lchilar» safiga o‘tgan. 7 yil «Paxtakor»da, 4 yil «Bunyodkor»da o‘ynagan Nesterov faoliyatini 2000 yil «Dinamo» safida boshlagan.











