28 yoshli futbolchi Qatarning eng kuchli klublaridan biri «Qatar SK» bilan shartnoma imzoladi.

O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod bo‘lgan ushbu futbolchi yangi jamoasida 7-raqamli futbolkada to‘p suradi.
Qatarliklar klubi hozirda Ispaniyada yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Rashidov bugun Ispaniyaga uchadi va yig‘inga qo‘shiladi.
Eslatib o‘tamiz, Sardor Rashidov 2015-2017 yillarda Qatarning yana bir klubi «Al-Jaish» safida o‘ynagan edi. 2017-2019 yillarda Toshkentning «Lokomotiv» klubi a'zosi bo‘lgan futbolchi 2019 yil yanvarida Portugaliya chempionatiga yo‘l olgandi.










