Avstriya konstitutsiyaviy sudi rahbari bo‘lgan Birlyayn Avstriya tarixida hukumatga rahbar etib tayinlangan ilk ayol kishi bo‘ldi.

Avvalroq Avstriya prezidenti kansler Sebastyan Kurs rahbarligidagi vazirlar mahkamasini o‘z majburiyatlaridan ozod etgandi. Avstriya milliy kengashi siyosiy mojaro sababli 32 yoshli Kursga ishonchsizlik bildirgandi.